Jeyden Smit to‘lov majburiy bo‘lmagan restoran ochdi

Jeyden Smit to‘lov majburiy bo‘lmagan restoran ochdi
  • 4
  • 19.11.2025 15:39:00
  • 1 мин оқу

Amerikalik aktyor va musiqachi Jeyden Smit o‘zining yangi ijtimoiy loyihasini — to‘lov majburiy bo‘lmagan restoranini ishga tushirdi. Restoran prinsipi juda sodda:

“Kim to‘lay olsa — to‘laydi, kim imkoniyatga ega bo‘lmasa — bepul ovqat oladi.”

Bu tashabbus Jeydenning avvalgi xayriya loyihalari, jumladan ehtiyojmandlarga bepul taom tarqatadigan “I Love You” furgonlarining davomidir. U restoran orqali jamiyatda mehr, birdamlik va o‘zaro yordamni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Restoran menyusi asosan sog‘lom va o‘simlik mahsulotlariga asoslangan taomlardan iborat bo‘lib, loyiha nafaqat ijtimoiy, balki ekologik ahamiyatga ham ega. Mutaxassislar bu tashabbusni kambag‘allikka qarshi samarali qadam va ijtimoiy ongni oshirishga xizmat qiluvchi yorqin misol sifatida baholamoqda.

Ma’lumot uchun: 1998-yil 8-iyulda tug‘ilgan Jeyden Smit nafaqat aktyorlik, balki musiqa, moda va ijtimoiy loyihalardagi faoliyati bilan ham tanilgan yosh ijodkorlardan biridir. 27 yoshga kirgan Jeyden bolalik chog‘idan mashhurlikka erishgan — u ilk bor ekranga otasi Uil Smit bilan birga “Baxt izidan” filmida chiqgan.

Jeydenning iste’dodi kino bilan cheklanmaydi: u musiqada ham faol bo‘lib, “Syre” albomi unga global tanilish olib keldi. Reperlik yo‘nalishidagi eksperimental uslubi yoshlar orasida ommalashgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News