
- 169
- 12.11.2025 15:27:00
- 1 мин оқу
Jeki Chan o‘zining jasorati, mehnatsevarligi va kaskadyorlikdagi professionalligi bilan butun dunyoda tanilgan. Ammo uning eng qo‘rqinchli sahnalaridan biri 1998-yilda chiqqan “Who Am I?” (“Men kimman?”) filmida suratga olingan.
Bu sahnada aktyor Niderlandiyaning Rotterdam shahridagi 21 qavatli “Willemswerf” binosining 45 daraja qiya oynali devoridan pastga sirg‘anadi. Eng hayratlanarlisi — bu sahna kompyuter grafikasiz, kaskadyorsiz va real sharoitda olingan.
Jeki Chan bilan o‘lim o‘rtasida atigi bitta yashirin xavfsizlik simi bor edi. U bir necha kun davomida binoning tomida turib, balandlikka bo‘lgan qo‘rquvini yengishga harakat qilgan. Nihoyat, barcha xavfni o‘z zimmasiga olib, sirg‘anishni o‘zi amalga oshirgan.
Bu sahna kino tarixida eng xavfli va hayratlanarli kaskadyorlik ishlari sifatida e’tirof etilgan.
O‘zi esa bu voqeani shunday eslaydi:
“Bu mening hayotimdagi eng dahshatli sahna edi. Ammo shundan keyin men haqiqiy qo‘rquvni yengishni o‘rgandim.”