
- 0
- 08.06.2026 15:07:00
- 1 мин оқу
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatida O‘zbekiston aholisi banklardan jami 230,77 trillion so‘m qarzdor. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 10,5 trillion so‘mga oshgan.
Kreditlarning eng katta qismi ipoteka — ya’ni uy-joy xaridi uchun olingan bo‘lib, ularning hajmi 83,9 trillion so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, mikroqarzlar 50,1 trillion so‘m, mikrokreditlar 44,3 trillion so‘m, avtokreditlar esa 39,6 trillion so‘mga yetgan. Ta’lim uchun olingan kreditlar 6,9 trillion so‘m, iste’mol kreditlari esa 515 milliard so‘mni tashkil etadi.
Hududlar kesimida eng ko‘p kredit Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 68,75 trillion so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (17,1 trillion so‘m ), Farg‘ona (16,5 trillion so‘m) va Qashqadaryo (15 trillion so‘m) viloyatlari qayd etilgan. Eng kam kredit Sirdaryo (5,3 trillion) viloyatida.
Banklar orasida eng ko‘p kredit ajratgan tashkilotlar “Ipotekabank” va “O‘zmilliybank” bo‘lgan.