Isroil G‘azodagi masjidlarga zarba berishda davom etmoqda

Isroil G‘azodagi masjidlarga zarba berishda davom etmoqda
  • 0
  • 30.07.2026 11:43:00
  • 1 мин оқу

Isroil G‘azo sektoriga navbatdagi havo hujumlarini amalga oshirdi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, zarbalar oqibatida kamida bir falastinlik halok bo‘lgan, 12 nafardan ortiq kishi yaralangan.
So‘nggi hujumda G‘azo shahridagi Al-Muttaqin masjidi vayron qilingan. Shuningdek, ko‘chirilgan falastinliklar boshpana qilgan chodirlar ham yakson bo‘lgan.
Bundan avval, 23–24-iyul kunlari Isroil markaziy G‘azodagi Al-Nur masjidiga ham havo zarbasi berib, uni vayron qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News