
- 0
- 05.03.2026 15:07:00
- 1 мин оқу
Iroqda 4-mart kuni butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi o‘chib qoldi.
Basra viloyatidagi Rumeyla elektr stansiyasiga yetkaziladigan gaz hajmi kutilmaganda kamayib ketgani sabab texnik nosozlik yuzaga kelgan. Natijada elektr ishlab chiqarish quvvati 1900 megavattga kamayib, mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti uzilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi haftalarda Eron hujumlariga uchragan ayrim elektr stansiyalari va uzatish liniyalarida tiklash ishlari davom etmoqda. Blekaut fonida AQSh o‘z fuqarolarini Iroqni tark etishga chaqirgan.