
- 5
- 04.03.2026 09:08:00
- 1 мин оқу
Germaniyaning Deutsche Welle (DW) nashri Eron hukumati tarkibidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy mamlakatning yangi oliy rahbari etib saylandi. Ma’lum qilinishicha, qaror 88 nafar shia ulamodan iborat Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilingan. Ayrim manbalarga ko‘ra, jarayon Islom inqilobi muhofizlari korpusi ta’siri ostida kechgan. Ayni paytda mamlakatni vaqtincha uch kishilik kengash boshqarayotgani ma’lum.
56 yoshli Mujtabo — AQSh va Isroil bombardimonlari oqibatida halok bo‘lgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li. So‘nggi yillarda u ehtimoliy voris sifatida tilga olinib kelinardi. 1980–1990 yillarda Mujtabo “ko‘rinmas askar” sifatida faoliyat yuritgan. Ko‘plab eronlik siyosatchilardan farqli ravishda, u ommaviy chiqishlardan chetda bo‘lib, faoliyatini soyada olib borgan.
Eronni 1989-yildan beri boshqarib kelayotgan Oyatulloh Ali Xomanaiy 28-fevral kuni boshlangan AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari davomida halok bo‘lgandi.