Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy halok bo‘ldi

Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy halok bo‘ldi
  • 0
  • 18.03.2026 16:20:00
  • 1 мин оқу

Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy Isroil havo hujumlari oqibatida vafot etdi. Ushbu zarba paytida uning o‘g‘li Murtazo va qo‘riqlash xizmati rahbari Alirizo Bayat ham halok bo‘lgan. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Larijoniyning o‘limi uchun qonli qasos olishga va’da berdi. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham o‘lim javobsiz qolmasligini ta’kidladi.

Ali Larijoniy Iroqda, Oyatullohlar oilasida tug‘ilgan Eronning eng muhim amaldorlari, yadroviy masalalar bo‘yicha sobiq muzokarachi va Xomanaiyning yaqin ittifoqchisi edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News