Instagram blogerlarga videolari uçun 500 ming dollargaça pul taklif qilmoqda

Instagram blogerlarga videolari uçun 500 ming dollargaça pul taklif qilmoqda
  • 35
  • 09.11.2026 17:24:00
  • 1 мин оқу

Instagram ayrim blogerlarga platformaga uzun videolar joylaştirgani uçun 500 ming dollargaça bir martalik tölov berişni taklif qilmoqda.

Bu haqda “Social Media Today” xabar berdi. Gap Instagram’ning 90 daqiqagaça bölgan videolarni joylaş imkonini beruvçi yangi “Features” funksiyasi haqida ketmoqda.

Ma’lumotlarga köra, Meta ayrim ijodkorlarga 50 ming dollar, boşqalariga esa 100 ming dollardan ortiq, hatto 500 ming dollargaça haq taklif qilgan. Bu orqali kompaniya blogerlarni uzun videolarni Instagram’ga joylaşga jalb qilmoqçi.

Meta takliflar haqidagi aniq summalarni tasdiqlamagan, biroq ayrim ijodkorlarga “Features” uçun kontent yaratiş moliyalaştirilayotganini bildirgan.

Instagram rahbari Adam Mosseri ham uzun videolar mualliflari uçun daromad oliş imkoniyati muhimligini ta’kidlagan. Uning aytişiça, kompaniya bu yönalişda turli yeçimlarni körib çiqmoqda.

Biroq mutaxassislar fikriça, bir martalik katta tölovlar blogerlarni qisqa muddatga jalb qilişi mumkin. Ularni platformada uzoq vaqt uşlab qoliş uçun esa doimiy daromad tizimi zarur.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News