Samarqandda guvohnomasiz yigit mahallada katta tezlikda harakatlandi

Samarqandda guvohnomasiz yigit mahallada katta tezlikda harakatlandi
  • 1
  • 25.06.2026 17:51:00
  • 1 мин оқу

Samarqand viloyatining Urgut tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit Cobalt avtomobilini mahalla hududidagi tor ko‘chada taxminan 130 km/soat tezlikda boshqargani aniqlandi.
Viloyat YHXB ma’lum qilishicha, qoidabuzarlik aks etgan video uning do‘stlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangani sababli haydovchini aniqlash qiyin bo‘lmagan.
Tekshiruv davomida yigitning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan transport vositasini hujjatlarsiz boshqarish va belgilangan tezlikni oshirish holatlari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News