Qozog‘istonda 19 harbiy mashg‘ulot vaqtida Kaspiy dengiziga oqib ketdi

Qozog‘istonda 19 harbiy mashg‘ulot vaqtida Kaspiy dengiziga oqib ketdi
  • 7
  • 24.09.2026 15:53:00
  • 1 мин оқу

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchini Kaspiy dengiziga oqim olib ketdi. Hodisa 24-sentabr kuni ob-havo keskin yomonlashib, shamol kuchaygani sabab yuz bergan.
Hozircha 9 nafar harbiy halok bo‘lgani, 3 nafari qutqarilgani ma’lum. Qutqarilganlardan biri shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan harbiylarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlariga Harbiy-dengiz kuchlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, aviatsiya va boshqa xizmatlar jalb qilingan.
Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov guruhi hodisaning barcha holatlarini o‘rganmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News