
- 5
- 17.10.2026 15:38:00
- 1 мин оқу
AQSHning Texas, Jorjiya va Luiziana shtatlaridagi migratsiya qamoqxonalarida saqlanayotgan muhojirlar ochlik e'lon qildi. Qayd etilishicha, mahbuslar sifatsiz ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanishdagi qiyinchiliklar va huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilmoqda. Texasdagi El Valle markazida joriy yilning 11-oktabr kuni 15 nafar ayol ochlik e’lon qilib namoyishga chiqqan. Keyinchalik ularga 20 nafar erkak ham qo‘shilgan. Jorjiyadagi D. Ray James markazida esa qariyb 500 kishi aksiyada qatnashgani xabar qilinmoqda.
Maskur holatga qamoqxona ma'muriyati: Xohlasangiz, ochlik e’lon qilib o‘tiravering. O‘lsangiz, olib chiqib ko‘mamiz - deb, munosabat bildirgan.
#aqsh #ochlik #qamoqxona