
- 6
- 26.09.2026 12:23:00
- 1 мин оқу
Podpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U avval Qashqadaryo viloyati IIB YHXB hamda Sirdaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Idirov IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Hamda yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilish, sohaga geoinformatsion raqamli tizimlarni joriy etish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirish yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar u IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.