
- 0
- 18.03.2026 16:16:00
- 1 мин оқу
Bu yil Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart (juma) kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda, Navro‘z esa 21-mart (shanba) kuni nishonlanadi.
Shu munosabat bilan:
20-mart — dam olish kuni
21-mart — dam olish kuni
22-mart — yakshanba (odatdagi dam olish)
23-mart — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 4 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 3 kun dam oladi.