🏆 Samarqanddagi tarixiy g‘alaba: shaxmatchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

🏆 Samarqanddagi tarixiy g‘alaba: shaxmatchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
  • 17
  • 29.09.2026 12:02:00
  • 1 мин оқу

Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Jamoamiz 11 tur yakunida 20 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi.
Tarixiy g‘alabadan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini tabrikladi. Davlat rahbari jamoaning yutug‘ini alohida e’tirof etib, shaxmatchilar, murabbiylar va terma jamoa vakillariga minnatdorlik bildirdi.
28-sentabr kuni Prezident Farmoni bilan Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Muhiddin Madaminov “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yakubboyevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.
Javohir Sindarov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, Jahongir Vohidov esa “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bosh murabbiy Rustam Qosimjonovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi. Shuningdek, terma jamoaning boshqa a’zolari va shaxmat sohasi vakillari ham turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Samarqanddagi Olimpiada O‘zbekiston uchun nafaqat tarixiy sport g‘alabasi, balki mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan yirik shaxmat musobaqasi sifatida ham ahamiyatli bo‘ldi. FIDE ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston final turida Ukrainani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, Olimpiada oltinini qo‘lga kiritgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News