
- 0
- 03.07.2026 13:08:00
- 1 мин оқу
Pokistonda 54 yoshli Fransiya fuqarosi Silvi Yasmina 12 yil davomida eri tomonidan uyda majburan saqlanib, muntazam zo‘ravonlikka uchragan.
Holat ayolning o‘g‘illaridan biri uydan qochib, politsiyaga xabar berganidan so‘ng fosh bo‘lgan. Reyd davomida ayol va uning farzandlari qutqarilib, eri hibsga olingan.
Hozirda ayol va uning farzandlari davlat himoyasida, holat yuzasidan tergov davom etmoqda.