Turkiyada uch kun ichida to‘rt nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Turkiyada uch kun ichida to‘rt nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
  • 0
  • 15.06.2026 10:21:00
  • 1 мин оқу

Turkiyada so‘nggi uch kun ichida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi turli sabablarga ko‘ra vafot etdi:

▪️ 11-iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 31 yoshli o‘zbekistonlik ayol bilan 2 oylik farzandi hamda uning turkiyalik turmush o‘rtog‘i halok bo‘ldi.

▪️ 12-iyun kuni esa Tuzla tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi olgan og‘ir jarohatlaridan vafot etdi.

▪️ 13-iyun kuni uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kurashib kelgan 58 yoshli o‘zbekistonlik ayol Istanbuldagi shifoxonalardan birida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirib, jasadlarni vatanga yuborish va boshqa zarur masalalar bo‘yicha konsullik yordami ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News