Tailanddagi barda yong‘in: 27 kishi halok bo‘ldi

Tailanddagi barda yong‘in: 27 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 13.07.2026 17:30:00
  • 1 мин оқу

Tailand poytaxti Bangkokda joylashgan barda 12-iyul kuni yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Tailand Bosh vaziri Anutxin Chanvirakunning ma’lum qilishicha, yong‘in oqibatida 27 kishi hayotdan ko‘z yumib, 60 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga elektr shitidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News