FIFA tarixda ilk bor Jahon chempionati g‘oliblarini maxsus uzuklar bilan taqdirlaydi

FIFA tarixda ilk bor Jahon chempionati g‘oliblarini maxsus uzuklar bilan taqdirlaydi
  • 0
  • 17.07.2026 18:52:00
  • 1 мин оқу

FIFA JCH-2026 finalida g‘olib bo‘ladigan jamoa futbolchilarini ilk bor maxsus chempionlik uzuklari bilan taqdirlashini ma’lum qildi.Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Argentina – Ispaniya uchrashuvida g‘olib bo‘lgan jamoaga 30 ta maxsus uzuk topshiriladi. Qayd etilishicha, uzukning bir tomonida Jahon chempionati kubogi tasviranib, ikkinchi tomoni g‘olib jamoaning ramzlariga moslashtirilgan holda maxsus dizaynda ishlanadi. Shuningdek, uzuklar o‘ziga xos individual raqamga ega bo‘lib, egasining barmog‘iga moslashtiriladi va haqiqiylik sertifikati bilan birga g‘oliblarga topshiriladi. Bundan tashqari, mazkur chempionlik uzuklari muxlislar uchun ham 1996 dona cheklangan nusxada ishlab chiqarilib, musobaqaning rasmiy litsenziyalangan mahsuloti sifatida butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqariladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News