
- 1
- 12.08.2026 18:55:00
- 1 мин оқу
12-avgust kuni Indoneziyaning Bali orolidan Lombok oroli tomon yo‘l olgan parom dengizda yonib ketdi. Bortda 114 nafar yo‘lovchi va 17 nafar ekipaj a’zosi, shuningdek, 44 ta avtomobil va 53 ta mototsikl bo‘lgan.
Hodisa ortidan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish ishlari boshlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 106 kishi qutqarilgan, yana 25 kishini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Qutqaruv operatsiyasiga 200 dan ortiq xodim jalb qilingan.
Hozircha qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.