
- 0
- 04.06.2026 12:20:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda bitiruvchi kurs talabalari uchun “Mening birinchi kasbim” dasturi ishga tushiriladi. Dastur doirasida tanlab olingan talabalar amaliyot o‘tash davrida har oy 2 mln 60 ming so‘mgacha qo‘shimcha stipendiya oladi.
Buning uchun talaba, oliygoh va ish beruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Shuningdek, istiqbolli startap loyihalarining MVP yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qoplab beriladi.
Zarurat bo‘lsa, talabalar chet eldagi qisqa muddatli kurslarda qatnashishi uchun 20 mln 600 ming so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Dasturga 15 mln dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, talaba va yoshlarga biznes boshlashi uchun imtiyozli kreditlar berilib, 100 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.