
- 10
- 04.11.2025 16:22:00
- 1 мин оқу
Dunyo miqyosida tanilgan pop xonanda Dua Lipa Buyuk Britaniya va Irlandiyada 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat mashhurlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
2025-yilgi Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, xonandaning boyligi 165,1 million dollarga baholangan. Bu muvaffaqiyatga u o‘zining “Radical Optimism” nomli global gastrol safari, shuningdek Porsche va Versace kabi yirik brendlar bilan hamkorligi orqali erishgan.
Reytingda, shuningdek, “Queen’s Gambit” seriali yulduzi Anya Teylor-Joy, aktyor Leo Vudoll, qo‘shiqchi Xolli Xemberstoun, va mashhur podkastchilar ham o‘rin olgan.
Dua Lipa bugungi kunda nafaqat musiqiy sahnadagi muvaffaqiyatlari, balki modadagi o‘z uslubi va biznesdagi faoliyati bilan ham ilhom manbaiga aylangan.