🚨 Toshkentda o‘yinchoq pistolet bilan tahdid qilgan haydovchiga chora ko‘rildi

🚨 Toshkentda o‘yinchoq pistolet bilan tahdid qilgan haydovchiga chora ko‘rildi
  • 0
  • 21.07.2026 18:52:00
  • 1 мин оқу

Toshkentda qo‘lidagi o‘yinchoq pistolet bilan fuqaroni qo‘rqitgan haydovchi 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Ma’lum qilinishicha, hodisa 19-iyul kuni Uchtepa tumanidagi Zarafshon MFY hududida sodir bo‘lgan. A.A. ismli shaxs jamoat joyida o‘yinchoq pistoletni ushlab, A.I. bilan janjallashgan va unga: “Hayoting qiziq bo‘lsa, yo‘lingda davom et. Men hozir sen bilan gaplashadigan ahvolda emasman”, deya tahdid qilgan. 20-iyul kuni Uchtepa tuman sudi ushbu ishni ko‘rib chiqib, A.A.ni mayda bezorilik sodir etgan deb topdi va unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News