
- 0
- 17.03.2026 16:26:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda eshakning yuk mashinasiga bog‘lanib sudralgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Aniqlanishicha, Jizzaxning Zafarobod tumanida 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi eshakni yuk mashinasiga bog‘lab, 150 metrga yaqin masofaga sudrab borgan. Haydovchiga nisbatan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, yuk mashinasi esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.