
- 0
- 17.07.2026 16:34:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan “Dubay shokoladi” trendiga javoban o‘zbekistonlik Sardor Atajonov va qozog‘istonlik Nurshat Akbergenova birgalikda shokoladli palovni taqdim etdi.
Mazkur shirinlik tashqi ko‘rinishidan oddiy shokoladni eslatsa-da, uning ichiga guruch, qazi, go‘sht va sabzi kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlanadigan milliy palov solingan. Shokoladli palov ommaviy ishlab chiqarish uchun emas, balki “Dubay shokoladi” atrofidagi global trendga ijodiy va hazilomuz javob sifatida yaratilgan. Mahsulot ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ayrim foydalanuvchilar uni kreativ g‘oya sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar shokolad va palov uyg‘unligini noodatiy tajriba deb hisoblagan.