
- 0
- 22.07.2026 18:15:00
- 1 мин оқу
Xitoyning BrainCo kompaniyasi Jahon sun’iy intellekt konferensiyasida yangi bionik qo‘lni namoyish etdi. U foydalanuvchi tanasidan ajratilgandan keyin ham simsiz boshqaruv orqali harakatlana oladi.
Qo‘l mushak va nervlardan keladigan elektr signallarini qabul qiladi. Sun’iy intellekt bu signallarni bir zumda tahlil qilib, protezga harakat buyruqlarini uzatadi. Shu sababli har bir barmoqni alohida va aniq boshqarish mumkin. U asosan, qo‘li amputatsiya qilingan insonlarga kundalik hayotda qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.