
- 11
- 08.01.2025 13:14:00
- 1 мин оқу
Xitoydagi muzdan yasalgan Registon maketi
Xitoyning Xarbin shahridagi (Xeylunszyan provinsiyasi) “Muz va qorning katta olami” tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali ochildi
An’anaviy festivalning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Samarqanddagi Registon maydonining muzdan ishlangan maketidir.
Shaharcha to‘qqizta asosiy zonaga bo‘lingan bo‘lib, ularda Osiyo Olimpiya Kengashiga a’zo 42 ta mamlakat va 3 ta hududning diqqatga sazovor joylari maketlari yaratilgan.
Million kvadrat metr bo‘lgan qorli shaharchani qurish uchun jami 300 ming kub metr muz va qor sarflangan.
Uning dizayni va qurilishida 2025-yil 7-fevral kuni Xarbinda boshlanadigan qishki Osiyo o‘yinlari elementlaridan foydalanilgan.