Shaxmat. O‘zbek shaxmatchilari bir-biriga qarshi

Shaxmat. O‘zbek shaxmatchilari bir-biriga qarshi
  • 5
  • 20.11.2025 09:45:00
  • 1 мин оқу

Hindistonning Goa shahrida o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi 2025 musobaqasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar chorak finalda yorqin g‘alabalarga erishdi.
Nodirbek Yoqubboyev germaniyalik Aleksandr Donchenkoni klassik partiyalarda 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi. Javohir Sindorov esa meksikalik Xose Martines bilan keskin bahs olib bordi. Klassik partiyalar durang bilan yakunlangach, rapid tay-brekda Javohir 3,5:2,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi yarim finalda Sindorov va Yoqubboyev o‘zaro kuch sinashadi. Bu esa kamida bir o‘zbekistonlik shaxmatchi finalga chiqishini anglatadi. Ta’kidlash joiz, bu holat o‘zbek shaxmati tarixida ilk bor kuzatilmoqda.
🏆 FIDE Jahon kubogi jahon chempionini aniqlab bermaydi, biroq dastlabki uch o‘rinni egallagan shaxmatchilar 2026-yilgi da’vogarlar turniriga yo‘llanma oladi. Demak, ilk bor kamida bir o‘zbekistonlik shaxmatchi bu nufuzli musobaqada qatnashadi. 3-o‘rin uchun bahs bo‘lishi hisobga olinsa, har ikki shaxmatchi ham da’vogarlar safida bo‘lishi mumkin.
📆 Yarim final bahslari 21–22-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi juftlikda Andrey Esipenko (Rossiya) Vey Lini (Xitoy) imtihon qiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News