
- 3
- 20.06.2026 14:37:00
- 1 мин оқу
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobil yonib ketib, 3 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning ikkitasi voyaga yetmagan bolalar ekani ma’lum qilindi.
Yong‘in taxminan 8 daqiqa ichida o‘chirilgan va olovning yon atrofga tarqalib ketishining oldi olingan. Yong‘in o‘chirilgach, avtomobil salonidan uch nafar kishining jasadi topilgan. Yana bir kishi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda va holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.