
- 6
- 15.01.2026 15:29:00
- 1 мин оқу
BYD’ning premium segmentga mansub brendi — Yangwang o‘zining yangi U7 modeli bilan avtomobil sanoatida yana bir texnologik yangilikni namoyish etdi. Ushbu model noodatiy, ammo juda amaliy funksiyaga ega: avtomobil kuzovida to‘plangan qorni maxsus tebranishlar orqali silkitib tushira oladi.
Bu imkoniyat DiSus-X ilg‘or aktiv osma (suspensiya) tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tizim har bir g‘ildirakni mustaqil ravishda, juda yuqori tezlikda boshqaradi. Natijada avtomobil kuzovi bir necha soniya ichida nazoratli tarzda harakatlanib, tom va kapotdagi qor yoki muz qatlamini tushirib yuboradi.
DiSus-X nafaqat qorni tushirish, balki:
-
yo‘l notekisliklarini yutish,
-
barqarorlikni oshirish,
-
burilishlarda kuzov og‘ishini kamaytirish,
-
haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulaylik yaratish
kabi vazifalarni ham bajaradi.
Yangwang U7 misolida BYD kelajak avtomobillari faqat tezlik va quvvat bilan emas, balki kundalik hayotni yengillashtiradigan aqlli yechimlar bilan ham ajralib turishini ko‘rsatmoqda. Bu esa avtomobil texnologiyalari yangi bosqichga chiqayotganidan dalolat beradi.