
- 1
- 17.08.2026 19:08:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda avtobuslarda yo‘lkira to‘lamay yurgan yo‘lovchilar uchun jarimani oshirish taklif qilinmoqda.
Taklifga ko‘ra, birinchi marta yo‘lkira to‘lamaganlarga 220 ming so‘m, takroran qoidabuzarlik qilganlarga esa 440 ming so‘mgacha jarima solinishi mumkin.
Hozirda avtobusda chiptasiz yurish uchun jarima 41 200 so‘mni tashkil etadi.
2026-yil 1-sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira to‘lashi shart bo‘ladi. To‘lov qilmaganlar chiptasiz yo‘lovchi sifatida qayd etilib, jarimaga tortiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki yetti oyida Toshkentda 82 mingdan ortiq yo‘lovchi yo‘lkira to‘lamagani aniqlangan.