Burak O‘zchivit va Anjelina Joli Islom sivilizatsiyasi haqida hikoya qiladi

Burak O‘zchivit va Anjelina Joli Islom sivilizatsiyasi haqida hikoya qiladi
  • 6
  • 04.11.2025 16:16:00
  • 1 мин оқу

Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda 150 dan ortiq qisqa film va videoroliklarni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Ushbu yirik loyiha orqali Islom olamining boy tarixi, madaniy merosi va insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi keng jamoatchilikka namoyish etiladi.

Loyihaning eng qiziqarli jihati — unda jahon kinosining mashhur yulduzlari hikoyachi sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Dastlabki videoloyihalarda ikki karra “Oskar” mukofoti sohibi, ingliz aktyori Ben Kingsli ishtirok etmoqda. U “Gandi”, “Shindler ro‘yxati”, “Tabib. Ibn Sinoning shogirdi” va “Fors shahzodasi” kabi filmlardagi unutilmas rollari bilan dunyo kinosida katta e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, Morgan Friman, Denzel Vashington, Mel Gibson, Burak O‘zchivit va Anjelina Joli kabi mashhur aktyor va aktrisalar ham turli qismlarda hikoyachi sifatida ishtirok etishlari kutilmoqda.

Bu loyiha nafaqat kinoning xalqaro miqyosdagi hamkorligini, balki Islom sivilizatsiyasining jahon madaniy merosidagi o‘rni va ta’sirini yana bir bor yoritadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News