
- 2
- 10.08.2026 14:23:00
- 1 мин оқу
Braziliya chempionatida “Koritiba” va “Shapekoense” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kulgili voqea yuz berdi.
Mezbonlar himoyachisi Jasi gol urilgach, quvonch bilan darvoza ortidagi reklama to‘sig‘idan oshib o‘tib, kiyinish xonalariga olib boruvchi tunnelga tushib ketdi. Oqibatda u to‘pig‘idan jarohat oldi. Eng achinarlisi, u nishonlagan gol VAR tekshiruvidan keyin ofsayd sabab bekor qilindi. Shunga qaramay, “Koritiba” uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.