- 3
- 14.05.2025 15:28:00
- 1 мин оқу
Moda jurnallarining muqovalarini muntazam ravishda bezatib turadigan Bella Hadid muxlislariga har kuni duch keladigan qiyinchiliklarni ochiqchasiga aytib berdi.
Unga nafaqat glamur timsoli, balki har kuni sog‘lig‘i uchun kurashayotgan kuchli ayol sifatida qarash mumkin.
Vogue jurnaliga bergan intervyusida endi u dush qabul qilishga ham qiynalayotgani haqida aytdi.
Sababi Bella Hadidga 2012-yilda surunkali Layma kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Layma kasalligi og‘ir charchoq, mushak hamda bo‘g‘im og‘riqlari, fikrni jamlay olmaslik, depressiya kabi alomatlarni yuzaga keltiradi. U ko‘p yillar davomida kasallikning ta’siri ostida yashagan va bunga “ko‘zga ko‘rinmas azob” deb ta’rif bergan. So‘nggi vaqtda u buning ta’sirini yana kuchliroq his qilmoqda.
U 2024-yilda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli modellikdan tanaffus olgan edi. Biroq, 2025-yilda u yana modellik olamiga qaytdi. U 2025-yilning 78-“Kann kinofestivalida” yangi soch turmagi bilan jozibali ko‘rinishda namoyon bo‘ldi.