
- 0
- 27.07.2026 12:32:00
- 1 мин оқу
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 7 million 91,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘p.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etilib, 12 million 13,9 ming so‘mni tashkil qilgan. Eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, 4 million 864,7 ming so‘mni tashkil etgan.
Sohalar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, sug‘urta va moliyaviy xizmatlar yo‘nalishida kuzatilib, 19 million 100,2 ming so‘mni tashkil etgan. Ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 4 million 977,1 ming so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa 4 million 440,3 ming so‘mni tashkil qilgan.