Ariana Grande premyera paytida kutilmagan holatga duch keldi

Ariana Grande premyera paytida kutilmagan holatga duch keldi
  • 7
  • 15.11.2025 16:01:00
  • 1 мин оқу

Singapurda bo‘lib o‘tgan “Wicked” (“Yovuz”) filmining qizil gilam premyerasida Ariana Grande kutilmagan vaziyatga duch keldi. Muxlislar bilan samimiy muloqot qilayotgan va suratga tushayotgan paytda, noma’lum shaxs birdaniga unga yaqinlashdi.

Eng hayratlanarlisi shuki, voqea shu qadar tez sodir bo‘ldiki, xavfsizlik xodimlari reaksiya berishga ulgurmagan. Biroq hamkasbi, filmda bosh rollardan birini ijro etgan Sintiya Erivo darhol vaziyatga aralashdi: u Ariana bilan noma’lum shaxs orasiga o‘tirib, uni himoya qildi.

 Sintiya Erivoning hushyorligi, tezkor reaktsiyasi va professional qadami haqiqiy hamjihatlik va sahnadagi yulduzlar o‘rtasidagi mehribonlik namunasi sifatida e’tirof etildi. Bu voqea premyerani kuzatgan muxlislar va ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bilan yoritildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News