Alisher Qodirov futbolchilar bilan uchrashuvda ulardan faxrlanishini aytdi

Alisher Qodirov futbolchilar bilan uchrashuvda ulardan faxrlanishini aytdi
  • 1
  • 01.07.2026 17:34:00
  • 1 мин оқу

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi natijalarini tanqid qilgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov endi futbolchilardan faxrlanishini aytdi.
U 1-iyul kuni terma jamoani kutib olish marosimida so‘zga chiqib, futbolchilar O‘zbekistonni ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqani tarixiy yutuq ekanini ta’kidladi.
Qodirovning aytishicha, mag‘lubiyatni tanqid qilish emas, undan xulosa chiqarish muhim. U kelgusida O‘zbekiston terma jamoasi mundialda yanada yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News