Aliment to‘lovchilarga chetga chiqish imkoni berilishi mumkin

Aliment to‘lovchilarga chetga chiqish imkoni berilishi mumkin
  • 0
  • 13.03.2026 18:01:00
  • 1 мин оқу

13-mart kuni prezident aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aliment to‘lovchilar bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi. 
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda aliment bilan bog‘liq 70 mingta murojaatlar kelib tushgan. Majburiy ijro byurosi kelib tushgan arizalarning 30 foizini  aliment to‘lovchilarning rasmiy daromadi yo‘qligi bois hal qilinmasdan qolayotganini ma’lum qildi. 
Shuningdek, tashkiliy migratsiya asosida odamlarni o‘qitib, chet eldagi yuqori daromadli ishlarga yuborish bo‘yicha tizim yaratilgani, lekin aliment majburiyati sababli odamlar bu imkoniyatdan foydalana olmayotgani qayd etildi.  
Davlat rahbari bu masala bo‘yicha hokimlar aliment to‘lovchilarning qanchasining kasbi bor, ammo ishsiz, qanchasini o‘qitish kerakligini tahlil qilmayotgani hamda bandlik bo‘limi va “mahalla yettiligi” oldiga aniq masala qo‘ymayotganini tanqid qilib, mutasaddilarga ushbu muammoni chuqur o‘rganib, tegishli taklif kiritishni topshirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News