Xitoyda sun’iy intellektga ega hamroh robotga buyurtmalar boshlandi

Xitoyda sun’iy intellektga ega hamroh robotga buyurtmalar boshlandi
  • 0
  • 06.07.2026 10:18:00
  • 1 мин оқу

Xitoyning UBTECH kompaniyasi muloqot va hissiy qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan, giperrealistik silikon terisi, yuz mimikasi va emotsiyalari bilan deyarli oddiy insondan farq qilmaydigan UWORLD U1 gumanoid robotini taqdim etdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, robotga 13,3 mingdan ortiq oldindan buyurtma berilgan, dastlabki yetkazib berishlar sentabr oyiga rejalashtirilgan. Narxi 17,6 ming dollardan boshlanib, eng qimmat modeli qariyb 146 ming dollargacha yetadi.

U1 sun’iy intellekt yordamida suhbat qura oladi, foydalanuvchining hissiy holatini tahlil qiladi, odatlarini eslab qoladi va vaqt o‘tishi bilan unga moslashadi. Zarurat bo‘lsa, dori ichishni eslatishi yoki foydalanuvchini ruhlantiruvchi tavsiyalar berishi mumkin.
Robotning tashqi ko‘rinishini qo‘shimcha haq evaziga yaqin inson, mashhur shaxs yoki xayoliy qahramonga o‘xshatish ham mumkin.
UBTECH ushbu robotni asosan yolg‘iz yashovchilar va keksalar uchun ishlab chiqqanini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News