
- 0
- 05.06.2026 10:48:00
- 1 мин оқу
Bugun, 5-iyundan O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi.
Abituriyentlar 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Qabul jarayoni avvalgidek ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Test sinovlari yakunlangach, abituriyentlar 15 kun davomida oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Texnikumlarga qabul esa OTMlarning yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng boshlanadi. Abituriyentlar 10 kun ichida texnikum, mutaxassislik va ta’lim shaklini tanlashi mumkin.