
- 11
- 10.10.2026 10:02:00
- 1 мин оқу
Panamada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
9-oktabr kuni Panama janubida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Oqibatda ayrim binolar shikastlandi va qulab tushdi, minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Hozircha qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Bu haqda Reuters xabar berdi.
AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila 12,6 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Uning epitsentri poytaxt Panama shahridan qariyb 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. Keyinchalik 40 dan ortiq takroriy silkinish qayd etilgan.
Kuchli tebranishlar sabab poytaxtdagi ayrim binolardan odamlar evakuatsiya qilingan, Tokumen xalqaro aeroportida esa parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan. Keyinchalik aeroport faoliyati tiklangan.
Prezident Raul Mulino zilziladan zarar ko‘rgan hududlarga borgan. Mamlakatning bir nechta viloyatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.
AQSH Geologiya xizmati zilzila oqibatidagi iqtisodiy zarar Panama yalpi ichki mahsulotining 1–10 foizigacha yetishi mumkinligini baholagan.
#casia #news #Panama