
- 14
- 03.10.2026 14:37:00
- 1 мин оқу
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 4 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi.
Hodisa 26-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan janjallashganidan so‘ng uning 2022-yilda tug‘ilgan qizini urgan. Qiz bosh qismidan jiddiy jarohat olgan va shu kunning o‘zida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 8-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayol gumonlanuvchi sifatida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonini kuzatib bormoqda. Qoʻshimcha axborot taqdim etilishi bildirilgan.
Jinoyat kodeksida bunday qilmishga 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.