
- 1
- 14.10.2025 09:51:00
- 1 мин оқу
Kabo-Verde terma jamoasida hozir himoyachi sifatida o‘ynayotgan Piko Lopes aslida Irlandiyada tug‘ilgan.
Eng qiziq tomoni uni terma jamoaga LinkedIn orqali taklif qilishgan! 2019-yilda Kabo-Verde menejeri Pikoga ish qidirish platformasida xabar yozgan, ammo Piko portugalcha bilmagani uchun uni oddiy spam deb o‘ylab, e’tibor bermagan.
Faqatgina taklif ingliz tilida qayta yuborilgach, u javob bergan va natijada milliy jamoa safida maydonga tushmoqda!
Talant va imkoniyat ba’zida eng kutilmagan joyda ro‘baro‘ keladi, desangiz adashasiz. Lopesning ota tomoni Kabo-Verdega borib taqalarkan. Lekin sizga ham kimdir yozgan bo‘lsa, spam deb o‘ylamasdan, bir ko‘z yugurtirib qo‘yishni unutmang .