Samolyot eshigini ochmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi vafot etdi

Samolyot eshigini ochmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi vafot etdi
  • 11
  • 08.10.2026 13:46:00
  • 1 мин оқу

Nigeriyada Kenya Airways aviakompaniyasining Nayrobi–Lagos yo‘nalishidagi reysida yo‘lovchilardan biri parvoz vaqtida samolyot eshigini ochishga uringan.
Erkak Madagaskarga kiritilmagan va mamlakatdan qaytarib yuborilgan. Shundan so‘ng aviakompaniya uni ortga qaytarishga majbur bo‘lgan. Parvoz vaqtida erkak dastlab uchuvchilar kabinasiga kirishga, so‘ngra samolyotning orqa eshigini ochishga harakat qilgan. Boshqa yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ekipaj a’zolari uning qo‘llarini orqasidan bog‘lab qo‘ygan. Samolyot qo‘nishiga taxminan 20 daqiqa qolganda yo‘lovchi hushini yo‘qotgan. Samolyot qo‘ngach, shifokorlar uning vafot etganini tasdiqlagan.
Hodisa yuzasidan tergov boshlangan. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News