Parkinsonni Counter-Strike bilan yengayotgan qahramon

Parkinsonni Counter-Strike bilan yengayotgan qahramon
  • 1
  • 12.12.2025 15:08:00
  • 1 мин оқу

Internetda mashhur bo‘lgan — 5 raqibni bir o‘yin raundida yiqitib, ko‘pchilikni lol qoldirgan 77 yoshli CS o‘ynovchi onaxon haqida eshitgansiz. Endi Qozog‘istonda unga munosib raqobatchi paydo bo‘ldi: Olmaotadan bo‘lgan 86 yoshli Sadi ota har kuni ikki soat davomida Counter-Strike o‘ynab, Parkinson kasalligiga qarshi kurashmoqda.

Sadi otaning oilasi aytishicha, dastlab u sichqonchani qo‘lida ushlashda ham qiynalgan, qo‘llari titragan, kichik harakatlarni bajarish mushkul bo‘lgan. Ammo muntazam o‘yinlar va doimiy mashq natijasida u asta-sekin o‘zini tiklab, hozir bemalol o‘ynay oladi — hattoki ko‘plab yosh o‘yinchilardan kam emas.

Oila a’zolarining kuzatuvlariga ko‘ra, Sadi otada:

  • qo‘l harakati muvofiqligi,

  • reaktsiya tezligi,

  • diqqat jamlanishi,

  • uyqu sifati,

  • kayfiyat va ijobiy ruhiy holat

yaqqol yaxshilangan.

Shifokorlar ham Sadi otaning holatini kuzatib, videoo‘yinlar Parkinson kasalligida yordam berishi mumkinligini tasdiqlashmoqda. Ularning aytishicha, bunday faol mashg‘ulotlar miya faoliyatini rag‘batlantiradi, harakat koordinatsiyasini yaxshilaydi va dopamin ishlab chiqarilishini oshiradi — bu esa Parkinson alomatlarini yengillashtirishi mumkin.

86 yoshli Sadi otaning hikoyasi nafaqat tibbiy, balki inson irodasi va motivatsiyaning yorqin namunasi bo‘lib qoldi. U yoshning faqat raqam ekanini, texnologiya esa har qanday avlod uchun foydali bo‘lishi mumkinligini yana bir bor isbotlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News