
- 12
- 07.10.2026 15:42:00
- 1 мин оқу
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida YPX xodimi bilan suhbatini videoga olib, Instagram’ga joylagan haydovchi 7 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
Fuqaro 5-oktabr kuni Chiroqchi dehqon bozori oldidagi YPX reydi vaqtida to‘xtatilgan. Tekshiruv jarayonida u YPX xodimi bilan suhbatni videoga olib, keyinchalik Instagram sahifasiga joylagan.
Sud fuqaroning harakatlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimini obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda foto va videotasvirlarni tarqatish deb baholab, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195²-moddasi asosida 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.