
- 1
- 26.06.2026 10:16:00
- 1 мин оқу
Kongo DR terma jamoasi bosh murabbiyi Sebastyen Desabr O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan Jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi oldidan jamoasi faqat g‘alaba uchun maydonga tushishini aytdi.
Murabbiyning ta’kidlashicha, Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o‘yinlar jamoaga katta tajriba bergan. Endi esa Kongo uchun durang natija yetarli emasligi sababli, O‘zbekistonga qarshi bahsda ko‘proq tavakkal qilishga to‘g‘ri keladi.
Desabr O‘zbekiston terma jamoasining himoya chizig‘ini yuqori baholab, shunga qaramay jamoasi maydonda bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Kongo DR o‘rtasidagi uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da bo‘lib o‘tadi.