Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati aniqlandi

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati aniqlandi
  • 16
  • 05.10.2026 17:10:00
  • 1 мин оқу

Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan ikki oy davomida jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani aniqlandi. Gumonlanuvchi 53 yoshli, avval sudlangan erkak bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u bolaning yaqin qarindoshi bo‘lgan va uni voqea haqida hech kimga aytmaslikka qo‘rqitgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi prokuraturaga chaqirilgach, yashiringan va 3-oktabr kuni qidiruvga berilgan. 4-oktabr kuni u o‘ziga tegishli qurilishi tugallanmagan binoda vafot etgan holda topilgan.
Uning o‘limi holati ham alohida tekshirilmoqda. Jabrlangan bolaga zarur psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News