
- 0
- 04.06.2026 10:17:00
- 1 мин оқу
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan chaqaloqda juda kam uchraydigan tug‘ma nuqson — siam egizaklarining rivojlanmagan shakli aniqlangan. Unda qo‘shimcha oyoqlar va jinsiy a’zo bo‘lgan, orqa chiqarish teshigi esa rivojlanmagan.
Chaqaloq 29-aprel kuni Samarqandga olib kelingan va bir necha bosqichli operatsiyalar o‘tkazilgan. Avval hayotini saqlab qolish uchun ichagi tashqariga chiqarilgan, keyinchalik ortiqcha oyoqlar olib tashlangan. Hozirda bolaning ahvoli nisbatan barqaror, shifokorlar nazoratida. Kelgusida qo‘shimcha jarrohlik amaliyotlari rejalashtirilgan.
Mutaxassislar bunday holat juda kam uchrashini va odatda hayot uchun xavfli bo‘lishini ta’kidlamoqda.