Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
  • 1
  • 15.08.2026 14:15:00
  • 1 мин оқу

Indoneziyaning Flores oroli yaqinida 15-avgust tongida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan. Zilzila sababli kasalxonalardagi bemorlar xavfsizlik uchun tashqariga chiqarilib, tibbiyot xodimlari ochiq havoda vaqtinchalik davolash punktlarini tashkil qilgan. Shuningdek, Nagekeo hududida qariyb 2 ming kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. Ayrim hududlarda elektr ta’minoti va aloqa uzilgan.
Zilziladan so‘ng, sunami xavfi e’lon qilinib, ayrim hududlarda balandligi bir metrdan past bo‘lgan to‘lqinlar qayd etilgan. Taxminan uch soat o‘tib sunami ogohlantirishi bekor qilingan. Asosiy silkinishdan keyin o‘nlab aftershoklar kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, Indoneziya Tinch okeanidagi seysmik faol “Olov halqasi” hududida joylashgani bois, mamlakatda kuchli zilzilalar tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News