21 yoshli Chexiyalik model Natali Pushkinova Dunyo Go‘zali bo‘ldi

21 yoshli Chexiyalik model Natali Pushkinova Dunyo Go‘zali bo‘ldi
  • 28
  • 06.11.2025 16:31:00
  • 1 мин оқу

Filippin poytaxti Manilada o‘tkazilgan “Dunyo Go‘zali” tanlovida 21 yoshli Chexiyalik model Natali Pushkinova mutlaq g‘olib deb topildi. Tanlovda jami 79 mamlakat vakillari ishtirok etdi, ularning har biri nafaqat go‘zallik, balki intellekt, ijtimoiy faollik va ekologik ong bilan baholandi.

Natali hozirda Praga yaqinida yashaydi va Karll universitetida “Marketing kommunikatsiyalari va ommaviy aloqalar” bo‘yicha tahsil olmoqda. U nafaqat moda olamida, balki yoshlar va ekologiya sohasida ham ijobiy o‘zgarishlarni targ‘ib qiluvchi faollar qatorida.

Tanlovning asosiy maqsadi nafaqat tashqi go‘zallikni namoyish etish, balki ishtirokchilarni atrof-muhitni himoya qilish elchilari sifatida tayyorlashdir. Natali endi ushbu missiyani global maydonda davom ettiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News